Andijon tashqi savdo aylanmasi 2002 yilda
Viloyat statistika
tashkilotlari 2002 yil yakunlarini to`la ishlab chiqdilar. Unga ko`ra Andijon
viloyati tashqi savdo aylanmasi 331,8 million AQSh dollariga teng bo`lgan.
Shundan 124.2 millioni tashqi savdo aylanmasining eksport qismiga to`g`ri
keladi.Andijonliklar o`tgan yili qirqdan ortiq mamlakatlarga asosan paxta
tolasi, kalava iplar, konservalar, avtomobillar, kabel mahsulotlarini sotdilar.
Tashqi savdo aylanmasining import qismi 207.6
million AQSh dollariga teng bo`ldi. Xorijdan keltirilgan mahsulotlar orasida
dastgohlar, avtomobillar uchun butlovchi qismlar, sanoat xom-ashyosi, oziq-ovqat
mahsulotlari, qurilish materiallari, qora metall buyumlar etakchi o`rin
egalladi.
"Ulkard": Dastlabki odimlardanoq eksport
Tayyor va trikotaj
kiyimlari ishlab chiqarishga mo`ljallangan Andijon viloyati Ulug`nor tumanida
o`z faoliyatining ikkinchi yilini boshlagan O`zbek-Ingliz "Ulkard" qo`shma
korxonasi yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni boshladi. Bu
mahsulotlar yangi bichimdagi kiyimlar bo`lib bahor-yozgi mavsumlari uchun
mo`ljallangandir. "Ulkard" tmonidan ishlab chiqarilayotgan kiyimlar nafaqat
mahalliy aholi o`rtasida balki xorijliklar orasida ham katta obro` qozonmoqda.
Dastlabki yildayoq "Ulkard" 46 ming AQSh dollariga teng mahsulotni eksportga
chiqardi. Qishloq joyda tashkil etilgan bu korxona 125 kishini ish bilan
ta'minlabgina qolmasdan sifatli mahsulot ishlab chiqarishda ham o`z
imkoniyatlarini ko`rsatmoqda.
"Delovoy partner
Uzbekistana" ro`znomasidan (9 (466)
Yana bir yangi qo`shma korxona
Viloyatimizda rasman ro`yxatdan o`tgan qo`shma korxonalar soni yana bittaga ko`paydi.Bugungi kunda aholi uchun o`ta zarur bo`lgan gaz va suv hisoblagichlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bu korxona O`zbekiston tomonidan "ANDIJONGAZTA'MINOT " shu'ba korxonasi, "Sharq" Mas'uliyati cheklangan jamiyat hamda Koreyaning "JIWON" Xolding kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan "UZ-METERTECH " qo`shma korxonasining umumiy ustav jamg`armasi 500 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Korxona o`z ishlab chiqarishini shu yilning o`zida boshlashi rejalashtirilgan. Mazkur hisoblagichlar Koreyadan keltiriladigan zamonaviy uskunalar yordamida ishlab chiqariladi. Bugungi kunda xorijdan keltirilayotgan va aksariyat axoli uchun qimmat bo`lgan gaz va suv o`lchagichlari Andijonda ishlab chiqarilishi ularning narxini arzonlashishi va ko`pchilikka sotib olish imkoniyatini tug`dirishi shubhasiz.
"O`ZDEUAVTO" ga butlovchi qismlar
So`fiqishloqdagi "Podshipnik"
hissadorlik jamiyati uch yildirki "O`ZDEUAVTO" qo`shma korxonasiga butlovchi
qismlar ishlab chiqarmoqda. O`zaro shartnomlar asosida jo`natilayotgan butlovchi
qismlar "Tiko", "Damas", "Neksiya" avtomobillarini ishlab chiqarishda
ishlatilmoqda. Mazkur buyurtmalarni ishlab chiqarishdan korxona 8,5 million
so`mlik daromad oldi. Bu yil korxona yana yangi qismlar ishlab chiqarishni
o`zlashtirishga
kirishdi.
"Andijonnoma " gazetasidan ( 16 (17924)
O`ZBEKISTONGA XORIJIY SARMOYALAR KIRIB KELIShI KO`PAYMOQDA
Toshkentda "O`tish iqtisodiga ega
mamlakatlardagi iqtisodiy islohotlar va xorijiy investitsiyalarning jalb
etilishi: Markaziy Osiyo uchun o`tgan davr saboqlari va taraqqiyot ufqlari"
mavzuida xalqaro konferentsiya bo`lib o`tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlari
vakillari, BMT Taraqqiyot Dasturi va O`zbekiston Hukumati vakillari ishtirok
etdilar.
Konferentsiyani kirish so`zi bilan ochgan O`zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligi raisi Elyor G`aniev o`z
so`zida O`zbekistonga mustaqillik yillarida kiritilgan xorijiy sarmoyalarning
umumiy hajmi 14 milliard dollardan oshib ketganligini ta'kidlab, so`nggi
yillarda kirib kelayotgan xorijiy sarmoyalar yiliga 2-2,5 milliard dollarga teng
kelayotganligini ko`rsatib o`tdi. Notiq O`zbekiston tashqi savdosiga to`xtalib
o`tarkan o`tgan yil ijobiy saldo bilan yakunlangani va u 276 million dollarga
teng bo`lganini ko`rsatib o`tdi.
"Biznes Vestnik Vostoka" gazetasi (7 (577))