ma`lumotlar

TAI hokimlik madaniyat hududlar iqtisodiyot muloqot

O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar Agentligining Andijon viloyat tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni, O`zbekiston Respublikasi vazirlar Maxkamasining maxsus qarori asosida tashkil etilgan bu boshqarma mintaqada yagona tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirish, iqtisodiy, savdo, ilmiy-texnikaviy, madaniy, sport, sayyohlik va boshqa hamkorliklarining samaradorligini oshirish, ularning yangi shakllarini ishlab chiqarish va rivojlantirishni amalga oshiradi. Boshqarma o`z ijro apparati hamda unga mansub boshqa tuzilmalar yordamida viloyatdagi b archa korxona va tashkilotlarga xorijlik sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirishga yo`naltirilgan turli xizmatlarni ko`rsatadi:
- xalqaro bozorlardagi narhlar va konyukturalar o`zgarishlarini o`rganish, tahlil qilish yo`li bilan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga tashkiliy va uslubiy yordam ko`rsatish.
- viloyat eksport salohiyatini muntazam o`rganish, yangi eksportbop mahsulotlarni eksportga chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini aniqlash ishlarini tashkil qiladi.
- Mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlarga tashqi iqtisodiy aloqarni yo`lga qo`yish va rivojlantirish bo`yicha zarur barcha informatsion va konsalting xizmatlarini ko`rsatadi.
- Xorijiy sherik yoki bo`lg`usi sherikning talabnomasiga muvofiq mahalliy korxona yoki savdo tashkilotining holati va imkoniyatlarini o`rganib tegishli xulosalar taqdim qiladi.
- Mustaqillikning dastlabki yillaridan beri faoliyat ko`rsatib kelayotgan bu boshqarma o`z ko`pyillik tajribalariga hamda xalqaro meyoriy hujjatlarga asoslangan holda mahalliy va xorijiy sheriklar uchun qo`shma korxonalar tashkil etish, hamkorlik bitim, shartnomalarini tuzish va boshqa xalqaro savdo tijorat hujjatlarini tuzishga yaqindan yordam ko`rsatadi.
- boshqarma tomonidan Respublika tashkilotlaridan rasman, xorijiy tashkilotlar bilan yozishmalar yoki elektron axborot tizimlaridan yig`ilgan ma'lumotlar bankida xalqaro, mahalliy va xorijiy kompaniyalar, tashkilotlar, firmalar, savdo-sotiq aloqalari, texnologiyalar va uskunalar xaqida ma'lumotlar muntazam to`planib boradi.

Tashqi iqtisodiy aloqalarga oid barcha muammo va savollar bilan boshqarmamizga murojaat qilishingizni so`raymiz.


Boshqarma manzili

Andijon shahri Navoiy shohko`chasi , 126.
Tel:: (+998 742) 22-25-81 / 22-25-82 / 22-25-86
Faks: (+998 742) 22-21-82 / 22-25-83
Elektron pochta: andfer@uzpak.uz, tkozimjon@yahoo.com

The rights on a page "Andijan" belong Andijan Ragional Department Foreign Economic Relations Republic of Uzbekistan
The copying and use of photos and other materials is authorized with the link on Andijan.uz.

Copyright © 2002. All Rights Reserved. email: andfer@uzpak.uz

Сайт управляется системой uCoz