ma`lumotlar

TAI hokimlik iqtisodiyot hududlar noshir muloqot

MADANIYAT 

     Farg'ona vodiysi madaniyati, jumladan Andijon viloyati ham, o'zbek xalqining ko'p asrlik madaniyati poydevorini tashkil qiladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Andijon O'zbekiston Respublikasining yirik madaniyat markazlaridan biridir. Andijon Hindistonda Buyuk Mo'g'ul Imperiyasiga asos solgan, dunyoga mashhur shoir, olim, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur, taniqli shoir Nodirabegim, Hayratiy, Cho'lpon, Habibiylar vatandoshdir. Vosit Sa'dulla, Saida Zunnunova, Hoshimjon Razzoqov, Ulfat, Hayitboy Azimov, To'lan Nizom, Qamchibek Kenja, Usmonjon Shukurov kabi shoir va yozuvchilarning ijodi Respublikadan tashqarida ham mashhur. 1918 yilda birinchi musiqali drama teatrning tashkil topishi teatr sa'atining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Tamaraxonim, Abbos Bakirov, Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Muzaffar Muhammedov, Soib Xo'jaev kabi ilk faoliyatini Andijon teatrida boshlagan artistlar keyinchalik O'zbekistondagina emas, balki horijda ham shuhrat topishdi. Hozirda Viloyatda Oxunboboev nomli musiqali drama va komediya teatri, "Lola" qo'g'irchoq teatri, Abbos Bakirov nomli Yoshlar teatri faolit ko'rsatmoqda. Bugun bu erda Farg'ona vodiysida qadimdan yashab kelgan xalqlarning madaniy an'analari o'zaro uyg'unlashib ketgan. "Sumalak" folklor raqs ansambli o'zining betakror raqslari bilan dunyoning ko'plab davlatlaridagi millionlab muxlislarning qalbini zabt etayapti. Bugungi kunda madaniyat muassasalarining rivoji alohida e'tiborga qaratilmoqda. Viloyatda 531 kutubxona, 204 klub, 2 muzey va ularning nohiyalardagi bo'limlari, 1 filarmoniya, Viloyat o'zbek milliy raqsi, 28 musiqa va san'at maktablari, 36 kinoteatr, 5 madaniyat va istirohat bog'lari, 14 istirohat bog'lari viloyat aholisining ma'naviyatini yuksaltirish yo'lida faoliyat ko'rsatmoqda.   

Amaliy va bezak san'ati


Zamonaviy Andijon Markaziy Osiyoning eng qadimiy xalq amaliy san'ati maskanlaridan biri hisoblanadi. Butun dunyoga mashxur Eylatan madaniyati (Eramizdan avvalgi birinchi ming yillik oxirlari ) qo`lda yasalgan keramika va rasm chizilgan keramik idishlari, kulolchilik uskunasida yasalgan och rangli hamda rasmlar chiziligan idiishlar va ulardagi naqshlarning o`ziga xosligi bilan ma'lum. Bu an'analarning davomi Marhamat madaniyatida (Eramizning 1-4 asrlari) ko`zga tashlanib bu davrda kulolchilik uskunasida ishlangan qizg`ish rangli hamda o`yib ishlangan naqshlarga boy idishlarda namoyon bo`ladi. San'atning bu turi keyingi asrlarda o`z rivojini topdi. Dovon davlati (Eramizga qadar birinchi ming yillikning ikkinchi qismi)da mashxur Dovon tulporlarining Surattosh qoyasidan topilgan tasvirlari o`sha davrdagi kishilarning tasviriy san'atga bo`lgan munosabatini yaqqol ifodalaydi. Bugungi kunda arxeolog olimlar tomonidan topilgan ko`plab sopol va uy buyumlari namunalari, bezaklar, me'moriy yodgorliklardan parchalar Andijonning tasviriy -amaliy san'ati rivojlangan tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. O`rta asrlarda bu yerda kitoblarni bezatishda miniatyura san'ati taraqqiy etdi. Xalq amaliy san'ati turli me'moriy inshootlar, xususan masjid va minoralar, maqbaralar qurishda va ularni serjilo naqshlar bilan boyitishda o`z aksini topdi. Ammo sodir bo`lgan ko`plab o`zaro to`qnashuvlar, istilolar aksariyat hollarda me'moriy yodgorliklarni vayrona qilish, madaniy merosning noyob durdonalarini talon-taroj qilishga sabab bo`ldi. Undan tashqari viloyat seysmik aktiv zonada joylashganligi uchun bu yerda sodir bo`ladigan yer qimirlashlar ham ko`pgina me'moriy yodgorliklarni vayrona bo`lishiga sabab bo`ldi. Bunday yer silkinishlarining oxirgisi 1910 yilda sodir bo`lgan. Bugungi kunda asrlar davomida to`plangan hunarmandchilik va tasviriy san'at an'analari o`z rivojini topmoqda. Mustaqillik yillarida sho`rolar davrida unut bo`lgan hunarmandchilik turlari qayta tiklanmoqda. Viloyatda ta'sis etilgan "Hunarmand" ijodiy uyushmasi ko`plab yog`och o`ymakorligi, ganch o`ymakorligi, kulolchilik, zardo`zlik, zargarlik ustalarini o`z safiga birlashtirgan. Bugun bu uyushma kashtachilik, miniatyura san'ati, misgarlik, badiiy to`qimachilik va boshqa hunarmandchilik turlarini rivojlaniga katta hissa qo`shmoqda. Xalq amaliy san'ati ustalarining o`ziga xos maktabi o`z imkoniyatlari hamda "Ustoz-shogird" dasturi asosida davlat mablag`larini jalb qilish yo`li bilan rivojlanmoqda. Viloyatda keramika sohasida faoliyat ko`rsatayotgan ajdodlari an'analariga sodiq usta Mirzobaxrom Abduvahobovning maktabi dong`i O`zbekistondan olis mamlkatlarda ham keng tarqalgan. Ganch o`ymakorligi ustasi Ibrohim Mamadaliyevning ishlari ham jahon jamoatchiligi tomonidan yuksak baholanmoqda. Andijonlik zargar ustalar qoliplashda, buyumlarga to`q rang berishda, inkrustatsiya va boshqalarda ko`p asrlik an'analarni saqlab qolganliklari va bugungi kunda foydalnish sirlarini qo`llashi bilan mashxurdirlar. Shu boisdan ular tomonidan tayyorlangan tilla, kumush sirg`alar, uzuklar, va boshqa zeb-ziynatlar xalq tomonidan suyib xarid qilinadi. Andijonlik pichoqchi ustalar tomnidan tayyorlangan pichoqlar, xanjarlar va qilichlar ko`pgina xorijiy mamlakatlarda ham dong taratgan. Ularning soplaridagi naqshlar "Shahrixon", "Qorasuv" "Andijon" va boshqa maktablarning o`ziga xos uslublarida ijro etilib bir-biridan ajralib turadi va xar biri na faqat O`zbekistonda balki xorijda ham o`z muxlislariga ega. Keramika sohasida ham ko`pgina asriy an'analar qayta tiklanmoqda. Andijonlik ustalar tomonidan tayyorlanayotgan vazalar, ko`zalar, idishlar, favvoralar faqat milliy an'analarni aks ettiribgina qolmay zamonaviy dizaynlardan keng foydalanishi bilan ajralib turadi. O`zbek milliy do`ppichiligida xalqimizning ko`p asrlik tarixi aksi namoyon bo`ladi desak mubolag`a bo`lmaydi. Do`ppilardagi ramziy belgilar uni kiygan kishilarning ezgulik, taraqqiyot, mukammallikka intilishlarini ifodalab kelgan. Keyingi yillarda xalq amaliy san'atida milliy ko`g`irchokchilik rivojlanmoqda. Viloyatdagi bugungi tasviriy san'at o`zining barcha turlarini qamrab olgan. Andijonlik rassomlar o`z asarlari bilan na faqat Respublika balki ko`pgina xalqaro ko`rgazmalarda ham muntazam ishtirok etmoqdalar. Ularning asarlarida andijonliklarning boy tarixi va bugungi hayoti to`la aks etmoqda. "Ustoz" ijodiy uyushmasi Andijon tasviriy san'at ustalarini o`z safiga birlashtirgan. "Ustoz", "Hunarmand" ijodiy uyushmalari hunarmandlar va rassomlarni qo`llab-quvvatlash, ularning asarlarini namoyish qilish uchun turli mahalliy, Respublika va xalqaro ko`rgazmalar, yarmarkalardan unumli foydalanish imkoniyatlarini beradi. Andijonlik ko`pgina xalq amaliy va tasviriy san'ati ustalari O`zbekiston badiiy Akademiyasining a'zolaridir. Ular xorijlik hamksblari va san'at shaydolari bilan tajriba almashish, o`zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, ularning ijodiy uyushmalari esa boshqa mamlakatlardagi ijodiy uyushmalar bilan do`stona aloqalar urnatish istaklarini bildiradilar. 
 

ma`lumotlar

TAI hokimlik iqtisodiyot hududlar noshir muloqot

The rights on a page "Andijan" belong Andijan Ragional Department Foreign Economic Relations Republic of Uzbekistan
The copying and use of photos and other materials is authorized with the link on Andijan.uz.

Copyright 2002. All rights reserved. Web master Web master


Сайт управляется системой uCoz