ma`lumotlar

TAI hokimlik madaniyat hududlar noshir muloqot
qish. xo`jaligi sanoat banklar xususiy biznes
IQTISODIYOT

        Andijon viloyati O'zbekistonning rivojlangan regionlaridan biridir. Respublikadagi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish umumiy hajmida viloyatning hissasi 10,3%ni tashkil qiladi. Respublikada ishlab chiqarilayotgan matolarning 20%, trikotaj mahsulotlarining 34,1%, paypoq mahsulotlarining 21,3%, tikilgan mahsulotlarning 12% Andijon viloyatining hissasiga to'g'ri keladi. 
    Viloyatda qazib olinadigan foydali qazilmalarning asosiy qismini neft va gaz tashkil qiladi. Hozirgi kunda 8 neft va neft gaz quduqlari - "Andijon", "Janubiy Olamushuk", "Polvontosh", "Xo'jaobod"da ishlayapti. 2001 yilgacha 106,8 ming tonna neft ishlab chiqarildi. Viloyatdagi 4 elektr stantsiyalari 63 mln.kv soat elektr energiya ishlab chiqaradi. Viloyat miqyosida aholi jon boshiga 350 kvt soat elektr energiyasi to'g'ri keladi. 
    Viloyatdagi bozor iqtisodi tuzilmalari shakllanyapti. Amaldagi 22162 tashkilot, korxona va xo'jalik sub'ektlarida 18872 tasi xususiylashtirildi. Viloyatda o'rta va kichik biznes dinamik rivojlanmoqda. Mulkdorlarning yangi ijtimoiy qatlami shakllanmoqda. Viloyatda 18382 o'rta, kichik va mikro korxonalar ish yurityapti. Xususiy biznesning rivojlanishi ayniqsa aholiga transport, savdo va oziq-ovqat xizmati ko'rsatish tarmoqlarida yaqqol namoyon bo'ladi. 2001 yil ichki mahsulotning yalpi hajmi 407 mlrd. 77 mln. so'mni tashkil qildi. Oldingi shu davr bilan qiyoslanganda o'sish darajasi 108%ni tashkil qiladi. 2002 yil 1 iyul holatiga ko'ra YaIM hajmi 214834,1 mln. so'm.

Soliqlar 15955,9 mln. so'm (7,4% )
Shu jumladan:
Sanoat 40527,8 mln. so'm (18,9% )
Qurilish 6519,1 mln. so'm (3,0% )
Qishlok xo'jaligi 55468,3 mln. so'm (25,8% )
Savdo va umumiy ovqatlanish 32678,1 mln. so'm (15,2% )
Xom ashyo sanoatining boshqa tarmoqlari 34729,2 mln. so'm (16,2% )

SOHALAR BO`YICHA TAQSIMLANISHI

  top

Xususiy tadbirkorlik, o`rta va kichik biznes


           Viloyatda shuningdek kichik va o'rta biznes ham rivojlanmoqda. Xususiy biznesning rivojlanishi aholiga transport savdo, umumiy ovqatlanish xizmatlarida yaqqol ko'zga tashlanadi. 
2002 yil 1 yanvarda Andijon viloyatida 22163 xususiy, kichik va o'rta biznes sub'ektlari qayd qilingan. Jumladan: yirik - 1843, o'rta - 601, kichik - 2067 va 17652 mikrofirma. Hozirgi kunda bulardan 20206 korxona faoliyat ko'rsatyapti.
2001 yil yakunlariga ko'ra 27 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqildi, joriy yilning 9 oy natijalariga ko'ra 276,7 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqarilgan. 
     KO`B sub'ektlari viloyatning tashqi iqtisodiy faoliyatida asosiy rol o'ynaydi. Joriy yilning 9 oyiga ko'ra ular tomonidan AQShga 11,7 mln. dollarlik ishlab chiqarish va xizmat turlari eksport qilindiki, bu o'tgan yilga nisbatan 63,7% o'sish demakdir. Import 7,2 mln. AQSh dollarini tashkil qildi, o'tgan yilga nisbatan o'sish 35,7% . 
Ishbilarmonlar tomonidan kichik va o'rta biznesni rivojlantirish maqsadida bank tomonidan kredit ajratildi. Hozirgi kunda viloyatda 3755 proekt 13305,1 mln. so'm hajmida moliyalashtirilgan, shu jumladan mikrokreditlar - 3190 proektga 9703,4 mln. so'm, uzoq muddatli kreditlar - 565 proektga 3601,7 mln. so'm ajratildi.
Ta'minotning faoliyat doirasiga ko'ra taqsimoti.
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash - 687 proektga 1976,5 mln.so'm
- engil sanoat - 181 proektga 864,7 mln. so'm
- qurilish materiallarini ishlab chiqarish
- xizmat - 266 proektga 1325,3 mln. so'm
- sayyohlik va boshqa - 1376 proektga 4026,5 mln. so'm
- ishlab chiqarish XIM - 660 proektga 3235 mln. so'm
- fermerlikni rivojlantirish - 535 proektga 1695 mln. so'm

O'rta va kichik biznesni rivojlantirishda amaldagi xom ashyo va ruda resurslarini hisobga olgan holda eng qulay tarmoqlar quyidagilar:
- qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
- tekstil sanoati 
- nomoddiy tarmoqlar 28955,7 mln. so'm (13,5% )
Hozirgi kunda viloyatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga eksport qilinadi. 

VILOYATDA ISHLAB CHIQARILGAN MAHSULOTDA KICHIK VA Q`RTA BIZNESNING HISSASI

  top

BANK TIZIMI 


        Bugungi kunda viloyatimizda 73 ta bank faoiyat ko'rsatmoqda. Jumladan, davlat va hissadorlik banklari - 71 ta, xususiy bank-1.
1. Davlat va hissadorlik banklari O'zbekiston respublikasi Markaziy bankining viloyat bosh hududiy boshqarmasi; tashqi iqtisodiy aloqalar "Milliy banki"; "Paxtabank"; "G'allabank"; "Savdogarbank"; "Aloqabank"; "Zaminbank"; "Sanoatqurilishbank"; "Tadbirkorbank"; "Xalq banki"; "Uyjamg'armabank"; "Asakabank"; "Hamkorbank"; "Turonbank".
2. Xususiy bank - "Istiqbolbank".
Tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida jami 17482 mln. so'mlik kredit berildi. Bu o'tgan yilgiga nisbatan 1,9 marta ko'p, 2001 yilgi mo'ljalga nisbatan 2 marta ko'pdir. Jumladan, mikrokreditlar jami summasi 962,4 mln. so'mni tashkil etadi. Byudjetdan tashqari jasg'armalardan ajratilgan imtiyozli kreditlar jami summasi 432 mln. so'm, shu jumladan Biznesjamg'arma orqali 195,3 mln. so'm, Mehnat bo'limi orqali 222,3 mln. so'm, DFX assotsiatsiyasi orqali 14,4 mln. so'm umumiy hajm bo'yicha uzoq muddatli kreditlar 58,9%ni tashkil etadi.
2001 yilning birinchi yarmida Andijon viloyati bo'yicha barcha moliya tarmoqlarida shartnoma asosidagi baholarda 23215,5 mln. so'm, 1991 yil bahosida 116,4 mln. so'm sarflandi. Shundan markazlashtirilgan shahobchalarda shartnoma bahosida 14614,7 mln. so'm, byudjet hisobidan 5615, 3 mln. so'm, banklarning markazlashtirilgan kreditlari 2700 mln. so'm, byudjetdan tashqari jamg'armalardan 113,2 mln. so'm, hukumat kafolati asosidagi chet el investitsiya va kreditlari 6411,2 mln. so'm markazlashmagan investitsiyalar 8600,8 mln. so'm, jumladan, korxonalarning xususiy mablag'i hisobidan 5408 mln. so'm hokimliklar mablag'i hisobidan 14 mln. so'm, tijorat banklari kreditlari 23,8 mln. so'm va aholi mablag'idan 3155,1 mln. so'm, 196,9 ming metr kvadrat uy-joy, 880 o'quvchiga mo'ljallangan umumta'lim maktablari, 420 o'rinli ambulatoriya-poliklinika shahobchalari, 54,6 km suv tarmog'i, 135,1 km gaz tarmoqlari ishga tushirildi.
Xususiy mablag'lar hisobiga shartli baholarda jami 12513,9 mln. so'mlik, 1991 yilgi bahoda 104,3 mln. so'mlik pudrat ishlar bajarildi. Asosiy jamg'armaning o'zlashtirilishi shartli bahoda 8,575 mln. so'mni tashkil etadi.

The rights on a page "Andijan" belong Andijan Ragional Department Foreign Economic Relations Republic of Uzbekistan
The copying and use of photos and other materials is authorized with the link on Andijan.uz.

Copyright © 2002. All Rights Reserve. Web master

  top
Сайт управляется системой uCoz