ma`lumotlar

TAI hokimlik madaniyat hududlar iqtisodiyot muloqot


QISHLOQ  XO`JALIGI


             Andijon viloyatining erga ishlov tarixining aniq vaqti ma'lum emas, lekin keyingi bronza davrining oxiriga borib taqaladi. Eramizdan avvalgi 2000 yillikning oxirida bu erlarda, jumladan viloyatimiz hududida qishloq xo'jaligi bilan shug'ulanuvchi vohalar bo'lganligi ma'lum. Bu davr erga ishlov berish, chorvachilik va bronzaga ishlov berish rivojlanganligi bilan xarakterlanadi. O'sha davrdayoq odamlar bu erlarda bug'doy, sabzavot, mevalar etishtirganlar. 19-asr oxirida O'rta Osiyoning mustamlaka o'lkasiga aylantirilishi natijasida viloyat qishloq xo'jaligida paxta asosiy ekinlardan biri bo'lib qoldi. Shunga qaramay 20-asrda donchilik, polizchilik, paxtachilik va boshqa tarmoqlar rivojlantirildi. Bugungi kunda qishloq xo'jaligida foydalanilayotkan erning umumiy maydoni 251,9 ming gektarni, shundan 197,5 gektarni haydaladigan erlar tashkil etadi. Asosiy qishloq xo'jalik ekinlari paxta va bug'doy hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi viloyat iqtisodiyotida salmoqli o'rin egalaydi. Viloyat tashqi eksportning 56%i qishloq xo'jaligi mahsulotlariga to'g'ri keladi. Viloyatda 12 ta xo'jaliklararo muassasalar: 4 ta davlat xo'jaligi, 192 shirkat xo'jaligi, 2 ta ijara xo'jaligi, 21 ta xususiylashtirilgan, va 47 ta shaxsiy fermalar mavjud. 3458 fermer xo'jaliklari tashkil etildi. Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining 98,8%i nodavlat sektor hisobiga to'g'ri keladi. 2001 yilda 109,3 ming gektar haydaladigan erlarda paxta etishtirildi, paxta hosili 381,7 ming tonnani tashkil etdi yoki har gektar erdan 34,9 tsentner hosil olindi. Bugungi kunda Andijon viloyati paxtakorlari plyonka ostiga paxta ekish ilg'or texnologiyasini joriy etish muddatini kamaytiribgina qolmay, paxta hosildorligini oshirishda ham yuqori ko'rsatkichlarga erishmoqdalar. 86,3 ming gektar haydaladigan erga bug'doy ekilib, 604,9 ming tonna hosil olindi, har gektar erdan o'rtacha 69,9 tsentner hosildorlikka erishildi. 17,9 ming gektar erda kartoshka hosildorligi har gektar erdan 65,6 tsentnerni, sabzavot hosildorligi esa 286,4 tsentnerni tashkil etdi. 0,5 ming gektar erda 8,4 ming tonna poliz mahsulotlari etishtirildi, hosildorlik gektariga 168 tsentnerni tashkil etdi. 2001 yilda viloyat bo'yicha boshqa turdagi qishloq xo'jaligi mahsulotlarini etishtirish hajmi quyidagicha:
 pilla (ipak qurti) - 2858,7 tonna.
 meva - 176,8 ming tonna. 
uzum - 19,1 ming tonna. 
go'sht - 55,9 ming tonna.
 sut - 339,0 ming tonna. 
tuxum - 97,6 mln. dona 
         Mustaqillik yillarida asosiy e'tibor fan yutuqlarini qishloq xo'jaligiga joriy etishga va uni rivojlantirishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishga qaratildi. Bugungi kunda viloyatda don va dukkakli ekinlar urug'chiligi instituti, paxtachilik, polizchilik, uzumchilik, bog'dorchilik va boshqa tarmoqlar bo'yicha respublika ilmiy-tadqiqot institutlari filiallari faoliyat ko'rsatmoqda. 2002 yilning birinchi yarmida viloyat qishloq qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti (joriy narxlarda) 164,9 mlrd. so'mni, shundan ekin mahsulotlari 122,1 mlrd. so'mni, chorvachilik mahsulotlari 42,8 mlrd. so'mni tashkil etdi. 2002 yilning 1 iyulgacha barcha turdagi xo'jaliklarda 415,2 ming tonna don, 50,4 ming tonna kartoshka, 50,8 ming tonna meva, 26,7 ming tonna go'sht, 118 ming tonna sut, 31 million dona tuxum, 366,7 tonna jun va 2890 tonna pilla etishtirildi.
   

The rights on a page "Andijan" belong Andijan Ragional Department Foreign Economic Relations Republic of Uzbekistan
The copying and use of photos and other materials is authorized with the link on Andijan.uz.

Copyright © 2002. All Rights Reserved. Web master

Сайт управляется системой uCoz