|
|
|
avtomobilsozlik
mashinasozlik elektrotexnika
polietilen
oziq-ovqat to`qimachilik
ko`nchilik qazilma
qurilish
|
SANOAT
Dastlabki sanoat korxonalari - XIX asrning o'rtalarida mayda hunarmandchilik, paxta tozalash, yog'-moy ishlab chiqaruvchi korxonalari va boshqalar paydo bo'ldi. 20 yuz yillikning boshida temir yo'l transporti yuzaga keldi. Sovet hokimiyati davrida viloyatda paxtani qayta ishlash, to'qimachilik, tikuvchilik, mashinasozlik va boshqa tarmoqlar bo'yicha sanoat korxonalari paydo bo'ldi.
Bugungi kunda sanoat xalq xo'jaligining etakchi tarmoqlaridan biridir. 2001 yilda bu tarmoqlarda 276 mlrd. 701 mln. so'mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish iqtisodiyotning etakchi tarmoqlaridan biri bo'lib, 2001 yilda uning umumiy hajmi 197 mlrd. so'mni tashkil etdi. Dastlab aholi ehtiyoji uchun 88 ming so'mlik xalq iste'moli mollari ishlab chiqarilgan bo'lsa, bugungi kunda viloyatda 144 ta sanoat korxonalari mavjud. Jumladan, mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoati korxonalari 29 ta, qurilish materiallari ishlab chiqarishda 11 ta, engil sanoatda 53 ta, oziq ovqat sanoatida 41 ta va hakozo.
top
|
Avtomobil sanoati
Mustaqillk qo'lga kiritilgandan keyin asosiy e'tibor iqtisodiyotning ko'p bilim va mehnat talab qiladigan Tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilmoqda.
Mustaqilligimizning asosiy mevalaridan biri "O'zDEU avto" avtomobil zavodining qurilishi bo'ldi. Sobiq Ittifoqning o'z avtomobiliga ega respublikalari ichida birinchilardan bo'lib zamonaviy yuqori texnologiyali avtomobilsozlik gigant zavodiga ega bo'ldi va hozirda ular ichida yagona bo'lib turibdi.
"O'zDEU avto" viloyatning eng yirik korxonalaridan biri hisoblanadi. O'zbek-koreya qo'shma korxonasining bir yillik quvvati 200 ming ta mashina ishlab chiqarish hajmi, 124317,4 mln. so'mlikni tashkil etdi, bu esa mahsulot hisobiga 41000 ta engil avtomobillarni tashkil etadi. Bular barchaga ma'lum "Neksiya", "Damas", "Tiko" avtomobillaridir. Viloyatning tashqi eksportidagi korxonaning ulushi 44,9%ni tashkil etadi. Avtomobilsozlikning rivojlanishi natijasida uning ehtiyot qismlari va tarkibiy qismlarini tayyorlovchi tarmoqlari ham vujudga kelmoqda. Bugungi kunda "O'zDEU avto" zavodining 7 ta yo'ldosh korxonalari ishlab turibdi, shulardan 6 tasi Andijon viloyatida joylashgan. Bular avtomobil bo'yoqlari va lok bo'yoq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "O'zDongJuPeintKo" zavodi, mashina o'tirgichlari tayyorlovchi "O'zTongXong" zavodi, benzin baklar tayyorlovchi "O'zSemyungKo" zavodi, avtomobil truba va glushitellariga ixtisoslashgan "O'z Dong Von Ko" zavodi, mashina salonining ichki qismlariga ixtisoslashgan "O'zDong YangKo" zavodi, mashinaning tashqi qismlarini tayyorlovchi "O'zKoramKo" zavodlaridir. Ehtiyot qismlar ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish nafaqat viloyatimiz, balki respublikamizning qo'shni viloyatlarida ham amalga oshirilmoqda.
top
|
Metallni qayta ishlash va mashinasozlik.
Viloyatimizda bu sanoat tarmog'i bo'yicha 30 dan ortiq korxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Ularda asosan asbob-uskunalar va qishloq xo'jaligi uchun zarur texnika vositalari ishlab chiqariladi. Ulardan eng yiriklari: "Andijonmash" hissadorlik birlashmasi - MDH davlatlarida, balki ko'plab Qin sharq mamlakatlarida ham ehtiyojga talab katta bo'lgan. "Andijanets" tipidagi dizel yonilg'iga moslashgan suv nasoslari ishlab chiqaruvchi Sobiq Ittifoq hududidagi yagona zavod hisoblanadi. Shuningdek, paxta tozalash sanoati uchun uskunalar ishlab chiqaruvchi "Tojmetal" hissadorlik jamiyati, ekskovator va ko'tarma kranlar uchun gidrotsilindrlar tayyorlovchi "Irmash" hissadorlik birlashmasi, temir yo'l vagonlari ishlab chiqaruvchi va ta'mirlovchi Andijon mexanika zavodi. Shuningdek, viloyatda podshipniklar ishlab chiqarish ham yo'lga qo'yilgan. Bugungi kunda mazkur Tarmoqni yanada rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini jalb etish uchun bir qator ishlar qilinyapti.
top
|
Elektr texnikasi sanoati
Andijon "Elektrapparat" hissadorlik jamiyati, "Marhamat elektr texnika" zavodi, "Istiqlolning etti yilligi" hissadorlik jamiyati, "Andijonkabel" - ushbu sanab o'tilgan korxonalar viloyat elektr texnika sanoatini tashkil etadi. Ulardan PETV-2 rusumli emal o'tkazgichlar, kichik quvvatli apparatlari ishlab chiqariladi. Elektrotexnika sanoatining sezilarli darajada o'sishiga erishildi. O'tgan yilning shu davriga nisbatan o'sish 121,6%ni tashkil etdi.
top
|
Polietilen mahsulotlari ishlab chiqarish
Ushbu tarmoq sanoatining tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hozirda viloyatimizda ishlab chiqarishning bu turida mahsulot tayyorlash darajasi tez o'smoqda. "Andijonpolietilen" Amerika-O'zbek qo'shma korxonasi paxta o'stirish va sanoat ehtiyoji uchun foydalaniladigan polietilen plyonkalari ishlab chiqaradi.
"Andijon polipropileni" O'zbek-Amerika qo'shma korxonasi polipropilen qoplariga mahalliy bozorlarimizda ham, chet el bozorlarida ham ehtiyoj katta bo'lmoqda.
Kitob va daftarlar uchun polietilen muqovalar hamda aholining sanoat ehtiyoji uchun zarur bo'lgan turli diametrdagi polietilen quvurlari ishlab chiqaruvchi "NurVafoplastik" O'zbek-Turk korxonasi ham o'z quvvatini oshirmoqda.
"Andijonpolimer" mahalliy korxonasi esa qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat sanoati uchun zarur bo'lgan turli xildagi plastmassa va polietilen idishlar ishlab
chiqaradi.
top
|
Oziq-ovqat sanoati
Mustaqil taraqqiyot yillarida viloyat oziq-ovqat sanoati davlat monopoliyasi holatidan chiqarildi. Viloyatda hozirda 40 ta oziq-ovqat sanoati korxonasi mavjud. Jumladan un va em mahsulotlari ishlab chiqarish bo'yicha - 6, meva va sabzavotni qayta ishlash, vinosozlik - 2. Chet el investitsiyalari asosidagi korxonalar asosiy qismini tashkil etadi.
Makaron mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "FAM" O'zbek-Italiya qo'shma korxonasi, ketchup, mineral suvlar, tomat pastasiga ixtisoslashtirilgan "Mask" qo'shma korxonasi shular jumlasidandir. "Andijon durdonasi" O'zbek-Angliya qo'shma korxonasining meva sharbatlari xalqaro miqyosida tan olindi hamda ko'plab sovrinlarga sazovor bo'ldi.
"Navigul" O'zbek-Bolgariya qo'shma korxonasining vino mahsulotlari Respublika aholisi orasida katta obro'ga ega. "Xo'jaobod meva quritish" quruq mevalar zavodi mahsulotlarining asosiy xaridorlari shu paytgacha MDH mamlakatlari bo'lgan bo'lsa hozirgi kunda bu zavod mahsulotlari Sharqiy Evropa mamlakatlariga eksport qilinmoqda.
Xususiy restoran tijorati ham tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda.
top
|
To'qimachilik va tikuvchilik sanoati
Andijon viloyati paxta tolasi bo'yicha respublikadagi asosiy ishlab chiqaruvchilardan biri bo'lganligi uchun ham tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Bugungi kunda ip-gazlama ishlab chiqaruvchi korxonalar 12 ta, tabiiy ipak gazlama ishlab chiqaruvchi korxonalar 2 ta, trikotaj gazlama va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar 10 ta, tikuvchilik kichik korxonalari 751 tani tashkil etadi.
Xususiy to'qimachilik fabrikalarining paydo bo'lishi yuqori sifatli ipning mustaqil ravishda va uzluksiz ravishdv ishlvb chiqarish imkonini berdi, bu esa o'z navbatida transport harajatlarini kamaytiradi, qo'shimcha ishchi o'rinlari yaratadi hamda mahsulot tannarxini arzonlashtiradi.
Viloyatimizdagi asosiy to'qimachilik korxonalari quyidagilar: paxtadan yigirilganip va xom surp ishlab chiqaruvchi "Bobur ochiq hissadorlik jamiyati" hamda "Alisher Navoiy interneshnl" O'zbek-Amerikaqo'shma korxonasi; paxta tolasi tayyorlovchi sanoat chiqindilarini qayta ishlaydigan "AnTedTekstaylz" o'zbek-Germaniya qo'shma koxonasi; yigirilgan ip va tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Anteks" hissadorlik jamiyati; trikotaj mahsulotlari tayyorlovchi "Xumo-Yun" ochiq hissadorlik jamiyati.
Mahalliy sanoat korxonalari: tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi "Madaniyat-interneyshnl" O'zbek-Amerika qo'shma korxonasi; choyshab, paxtali ustki kiyimlar, ish kiyimlari tayyorlovchi "An-Nur" ochiq hissadorlik birlashmasi; "Prima" rusumidagi toza paxta ishlab chiqaruvchi Qorasuv shahar sanoat korxonasi hamda Jalaquduq ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar.
Bu korxonalar o'z mahsulotlari sifatini yanada yaxshilash ustida ish olib bormoqdalar va uni nafaqat o'zimizning tuman va viloyatlarga hatto mamlakatimizdan tashqariga ham sotishga erishmoqdalar hamda xaridorlarning yuqori bahosiga sazovor bo'lmoqdalar.
Shuni ta'kidlash joizki, respublika bo'yicha tayyorlanadigan tayyor gazlamaning 18,2%ini trikotaj gazlamaning 35,8%ini, paypoqning 28%ini, tikuvchilik mahsulotlarining 15,6%ini viloyatimiz korxonalari ishlab chiqaradi.
top
|
Teri va poyafzal sanoati
Viloyatimizda 2001 yilda aholining turli qatlamlari uchun 1137 ming juft oyoq kiyimlari ishlab chiqarildi. 2 ta oyoq kiyim fabrikasi, shuningdek, ayollar va bolalar shippaklari ishlab chiqaruvchi "Kezar-Turk O'zbek-Turk" qo'shma korxonasi faoliyat ko'rsatmoqda. O'tgan yilnig oxiridan boshlab esa teri mahsulotlarini qayta ishlovchi va tabiiy teridan 60 turdagi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi "Oltin deri" o'zbek-turk qo'shma korxonasi ish boshladi. Bu korxonada teridan tayyorlangan kurtkalar, plashlar, kostyum-shim, yubka, erkaklar uchun kalta shim, turli yoshdagi ayollar va bolalar uchun har xil kiyimlar ishlab chiqariladi. Ushbu korxonaning loyiha quvvati bir yilda 450 ming dona mol terisini qayta ishlash va 45 ming dona tayyor teri mahsulotlari ishlab chiqarishga mo'ljallangandir. Respublika bo'yicha ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyimlarining 16,7%ini viloyatimiz korxonalarida tayyorlanmoqda.
top
|
Viloyatda qazib olinadigan foydali qazilmalarning asosiy qismini neft
va gaz tashkil qiladi. Hozirgi kunda 8 neft va neft gaz quduqlari - "Andijon", "Janubiy Olamushuk", "Polvontosh", "Xo'jaobod"da ishlayapti. 2001 yilgacha 106,8 ming tonna neft
qazib olindi.
top
|
In the Andijan Region, there are 7 large construction companies with 13
specialized departments, which are divided into 157 construction teams
whose volume of production for 2000 was 23,5 billion soum. In this period
has been given to exploitation 474 thousand sq.m. dwelling, educational
institution for 1640 pupils, 16 rural medical dispensaries.136 km of gas
pipeline and 88 km water pipe was last
top
|
|
|
|
The rights on a page "Andijan"
belong Andijan Ragional Department Foreign
Economic Relations Republic of Uzbekistan
The copying and use of photos and other materials is authorized with the
link on Andijan.uz.
Copyright © 2002.
All Rights Reserved. Web master
|